9 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
09.03.2022
MUHUM HODISALAR
9 martda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududularida sel kelish havfi bor.
9-16 martda respublikaning tog‘li hududularida qor ko‘chishi havfi bor.
9 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-13o iliq bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, kunning ikkinchi yarmida momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 9-11° iliq bo‘ladi.
Respublikaning togʼli hududlarda havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) bo‘ladi, tuman tushadi. Qor ko’chish hafi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5o iliq bo‘ladi.