8-11 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI
06.03.2022
8-11 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 10 martda ba’zi joylarda yomg’ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8 martda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 6-11° iliq, 9 martda kechasi 2° sovuq-3°iliq, kunduzi 10-15° iliq, 10 martda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 11 martda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 8 va 11 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 9-10 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 11-16° iliq, 9 martda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 10 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 17-22° iliq, 11 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Faqat 10 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-9 martda kechasi
2-7° iliq, kunduzi 11-16° iliq, 10 martda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 16-21° iliq, 11 martda kechasi
6-11° iliq, kunduzi 16-21° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Faqat 10 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-9 martda kechasi
5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq, 10 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 18-23° iliq, 11 martda kechasi
8-13° iliq, kunduzi 18-23° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Faqat 10 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-9 martda kechasi
2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 10 martda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 11 martda kechasi
2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, faqat 10 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10 martda 3°sovuq-2° iliq, 11 martda
0-5° iliq, kunduzi 8 martda 0-5° iliq bo‘ladi, 9-11 martda 7-12° iliqgacha ko‘tariladi.