5 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

5 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

06.03.2022

MUHUM HODISALAR
Joriy yilning 6-mart kunlari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. togʻ oldi va togʻli hududlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
6-9 martda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududularida sel kelish havfi bor.
6 martda Qoraqalpogʻiston Respublikasida shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi va chang toʻzonlar kuzatilishi, ba‘zi joylarda 25-27 m/s gacha kuchayishi mumkin.

5 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, Qoraqalpogʻiston Respublikasida shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayish va chang to’zonlar ko’tarilishi kutilmoqda, ba‘zi joylarda
25-27 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-18o iliq bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarimida yomgʻir yogʻadi. Shamol g’arbdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 12-14° iliq bo‘ladi.

Respublikaning togʼli hududlarda havo o‘zgarib turadi, yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin.Qor ko’chish hafi bor. Shamol
g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi. Harorat 2-7o iliq bo‘ladi.