5 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI 4 mart soat 20 dan – 5 mart soat 20 gacha

5 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI 4 mart soat 20 dan – 5 mart soat 20 gacha

04.03.2022

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 4-6-mart kunlari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga Turkmanistondan iliq havo, soʻngra Kavkaz hududlaridan nam va nisbatan salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.

4-5-martda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi va chang toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarining ayrim joylarida shamol tezligi 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.

5-6-martda respublika hududi boʻyicha yomgʻir yogʻishi kutilmoqda. Togʻ oldi va togʻli hududlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin.

5-9 martda respublikaning tog oldi va togli hududlarida sel kelish havfi bor.

 

5 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

4 mart soat 20 dan – 5 mart soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI
Havo ozgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgir yogadi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-15° iliq, kunduzi 15-17° iliq bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo ozgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi va chang to’zonlar ko’tarilishi kutilmoqda, ayrim joylarda shamolning kuchayishi 25-30 m/s gaсha yetishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo ozgarib turadi. ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi va chang to’zonlar ko’tarilishi kutilmoqda, ayrim joylarda shamolning kuchayishi 25-30 m/s gaсha yetishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo ozgarib turadi. ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi va chang to’zonlar ko’tarilishi kutilmoqda, ayrim joylarda shamolning kuchayishi 25-30 m/s gaсha yetishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATI
Havo ozgarib turadi. ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi, chang to’zonlar ko’tarilishi mumkin, Qashqadaryo viloyatida shamolning kuchayishi 25-30 m/s gaсha yetishi mumkin. Harorat kechasi 12-17° iliq, kunduzi 14-19° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo ozgarib turadi, kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi, chang to’zonlar ko’tarilishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo ozgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli boladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.