4 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
04.03.2022
MUHUM HODISALAR
Joriy yilning 4-6-mart kunlari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga Turkmanistondan iliq havo, soʻngra Kavkaz hududlaridan nam va nisbatan salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.
4-5-martda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi va chang toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarining ayrim joylarida shamol tezligi 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.
5-6-martda respublika hududi boʻyicha yomgʻir yogʻishi kutilmoqda. Togʻ oldi va togʻli hududlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin.
5-9 martda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelish havfi bor.
4 MART KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi va chang to’zonlar ko’tarilishi kutilmoqda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarining ayrim joylarida shamol tezligi 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18-23o iliq bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 21-23o iliq bo‘ladi.
Respublikaning togʼli hududlarda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayadi. Harorat 8-13o iliq bo‘ladi.