Girometeorologiya sohasida Tojikiston va O‘zbekiston ikki tomonlama munosabatlari

Girometeorologiya sohasida Tojikiston va O‘zbekiston ikki tomonlama munosabatlari

01.03.2022

Girometeorologiya sohasida Tojikiston va O‘zbekiston ikki tomonlama munosabatlari

Joriy yilning 28 fevralidan 4 martiga qadar Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining gidrometeorologiya bo‘yicha agentligining mutaxassislari, hamda agentlik hamkori “Umedbaxsh” konsalting kompaniyasi maslahatchilari O‘zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati markazi mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazmoqdalar.

Besh kunlik uchrashuv davomida “Markaziy Osiyo gidrometeorologik xizmatlarni modernizatsiyalash” loyihasi doirasida Normativ hujjatlar va lavozim tavsiyalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi Nizom bilan tanishish, shuningdek sertifikatlashtirish auditidan o‘tish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati markazida “ISO 9001:2015-Sifat menejmenti tizimi” standartlarini joriy etish, moslashtirish va amalda qo‘llash bosqichlarini, ISO 9001:2015 Sifat menejmenti tizimi xalqaro standartlariga muvofiqligini o‘rganish masalalari muhokama qilinib, amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda.