O‘zbekiston bo‘yicha 28 fevral-4 martga ob-havo prognozi
28.02.2022
Hafta oxiriga juda iliq ob-havo kutilmoqda!
Bugun O‘zbekiston hududiga Kavkaz hududlaridan nam havo massasi kirib kelishi hisobiga respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘li huddularda qor yog‘adi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 13-18° iliq atrofida bo‘ladi.
1 mart kuni respublika hududining katta qismida yomg‘ir yog‘ishi davom etadi, ammo yomg‘ir kuchsiz bo‘ladi. Respublikaning shimolida yog‘ingarchilik to‘xtaydi.
2 mart kuni nam havo massasi sharqqa tomon siljiydi, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi. Ushbu kunda kunduzi havo harorati bulutli bo‘ladi va 12-17° iliqdan yuqori bo‘lmaydi.
Haftaning ikkinchi yarmidan O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan juda iliq havo kirib kelishi kutilmoqda, buning natijasida yog‘ingarchiliksiz juda iliq ob-havo bo‘ladi. Havo harorati kunduz kunlari 18-23° iliqgacha, janubda va cho‘l hududlarida 25-27° iliqgacha ko‘tariladi, bu ushbu kunlarning iqlimiy me’yorlaridan 10-12° ga yuqoridir.
Juda iliq havoni shiddatli kirib kelishi 4 mart kuni shamolning
15-20 m/s gacha kuchayishiga sabab bo‘lishi mumkin.
28 fevralda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.