24-27 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI

24-27 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI

22.02.2022

24-27 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOG‘ISTON VA XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan
7-12 m/s tezlikda esadi, 27 fevralda ba‘zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24-26
fevralda 2-7° iliq, 27 fevralda 4-9° iliq, kunduzi 24-25 fevralda 12-17° iliq, 26-27 fevralda
14-19°
iliq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan
7-12 m/s tezlikda esadi, 27 fevralda ba‘zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24-26
fevralda 2-7° iliq, 27 fevralda 4-9° iliq, kunduzi 24-25 fevralda 12-17° iliq, 26 fevralda 15-20° iliq,
27
fevralda 17-22° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 25 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27 fevralda ba‘zi joylarda
15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° iliq,
kunduzi 24-25 fevralda 13-18° iliq,
26-27 fevralda 17-22° iliq bo‘ladi.

SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 24-25 fevralda ba’zi joylarda yomg’ir yog‘adi. 26-27 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27 fevralda ba‘zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 24-25 fevralda
13-18°
iliq, 26-27 fevralda 17-22° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 24-25 fevralda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi.
26-27 fevralda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan
7-12 m/s tezlikda esadi, 27 fevralda ba‘zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-11° iliq,
kunduzi 24-25 fevralda 15-20° iliq, 26-27 fevralda 19-24° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 24-25 fevralda 12-17° iliq, 26-27 fevralda 15-20° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, 24-25 fevralda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. 26-27 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27 fevralda ba‘zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 24-25 fevralda 5-10° iliq, 26-27 fevralda 8-13° iliq boladi.