23-26 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
21.02.2022
23-26 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOG‘ISTON VA XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 25 fevralda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 23 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 24-26 fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 24-25 fevralda 12-17° iliq,
26 fevralda 13-18° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 25 fevralda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 23 fevralda 12-17° iliq bo‘ladi, 24-26 fevralda 17-22° iliqgacha asta-sekin ko‘tariladi.
TOSHKENT VA SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 25 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 23-25 fevralda 13-18° iliq, 26 fevralda 17-22° iliq bo‘ladi.
SAMARQAND VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, 23-24 fevralda ba’zi joylarda biroz yomg’ir yog’ishi mumkin. 25 fevralda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. 26 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 23-25 fevralda 13-18° iliq, 26 fevralda 17-22° iliq bo‘ladi.
JIZZAX VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, 23 fevralda ba’zi joylarda biroz yomg’ir yog’adi. 24 va 26 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 25 fevralda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 23-25 fevralda 13-18° iliq, 26 fevralda 17-22° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, 23-24 fevralda ba’zi joylarda biroz yomg’ir yog’ishi mumkin. 25 fevralda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. 26 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 23 fevralda 3-8° iliq, 24-26 fevralda 6-11° iliq, kunduzi 23-25 fevralda
15-20° iliq, 26 fevralda 19-24° iliq bo‘ladi.
SURXONDARYO VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, 23 fevralda ba’zi joylarda biroz yomg’ir yog’adi. 24 va 26 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 25 fevralda ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 23 fevralda 3-8° iliq, 24-26 fevralda 6-11° iliq, kunduzi 23-25 fevralda 15-20° iliq, 26 fevralda 19-24° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 23-25 fevralda 12-17° iliq, 26 fevralda 15-20° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, 23-25 fevralda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin,
26 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 23-24 fevralda
5-10° iliq, 25-26 fevralda 9-14° iliq bo‘ladi.