O‘zbekiston bo‘yicha 18-20 fevralga prognoz

O‘zbekiston bo‘yicha 18-20 fevralga prognoz

18.02.2022

O‘zbekiston bo‘yicha 18-20 fevralga prognoz

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha kecha boshlangan havoning isishi davom etadi. Respublikaning barcha hududlarida quruq va kam bulutli ob-havo kutilmoqda, kunduzi havo 10-13° iliqqacha isiydi. Respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

Dam olish kunlari respublika hududining katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat 19 fevralda Surxondaryo viloyatida, 20 fevralda Samarqand, Jizzax, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir va ho‘l qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi.

Tungi sovuqlar asta-sekin chekinadi, kunduz kunlari esa ko‘proq bahor fasli uchun xos bo‘lgan qiymatlargacha isiydi. 20 fevralga kelib, harorat kechasi 2-7° iliqqacha, kunduz kuni esa termometr ustuni 15-17° iliq, janubda 18-20° iliqqacha yetadi.