Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo ekspert guruhi iqlim o‘zgarishiga ta’sirlar, moslashish va zaiflik haqidagi hisobotni (2022 yil 14-25 fevral) ko‘rib chiqishni boshladi

Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo ekspert guruhi iqlim o‘zgarishiga ta’sirlar, moslashish va zaiflik haqidagi hisobotni (2022 yil 14-25 fevral) ko‘rib chiqishni boshladi

17.02.2022

Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo ekspert guruhi iqlim o‘zgarishiga ta’sirlar, moslashish va zaiflik haqidagi hisobotni (2022 yil 14-25 fevral) ko‘rib chiqishni boshladi

Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo ekspert guruhi (The Intergovernmental Panel on Climate Change, IPCC) 14 fevral kuni Ishchi guruh II ning Oltinchi baholash hisobotiga qo‘shgan hissasini ko‘rib chiqish uchun virtual yig‘ilishni ochdi. Sessiya 25 fevralgacha davom etadi.

IPCC Ishchi guruh II tayyorlagan hisobotida, 2021 yilning avgust oyida nashr etilgan (https://www.ipcc.ch/report/ar6/wg1/) Ishchi guruh I ning Oltinchi baholash hisobotiga qo‘shgan hissasiga asoslanadi, bu iqlim o‘zgarishi keng tarqalishi, tez va kuchayib borayotganini ko‘rsatdi.

Oltinchi baholash hisobotining ikkinchi qismi bo‘lgan hisobotda tabiiy, ijtimoiy va iqtisodiy fanlarni ko‘proq birlashtirgan bo‘lib, ijtimoiy adolat rolini va turli xil bilim shakllari, masalan, mahalliy xalqlar va mahalliy aholining bilimlari rolini ta’kidlaydi. Shuningdek, u iqlim xavfini bartaraf etish bo‘yicha shoshilinch va tezkor harakatlarning tobora ortib borayotgan ahamiyatini aks ettiradi. Hisobotda bioxilma-xillik va iqlim o‘zgarishi o‘rtasidagi aloqalar haqida ko‘proq ma’lumot mavjud.

Direktiv organlar tomonidan tasdiqlash uchun Ishchi guruh II sessiyasida hisobotning Xulosasi satrma-satr ko‘rib chiqiladi. Bu hukumat vakillari, hisobot mualliflari bilan muloqotda amalga oshiriladi. Ushbu sessiya asosiy ilmiy-texnik baholashni qabul qilish bilan yakunlanadi. So‘ngra IPCC ning 55-sessiyasida Ishchi guruh II ning ishi qabul qilinadi va shu bilan butun hisobotni rasmiy ravishda qabul qiladi. Ushbu jarayonning maqsadi siyosatchilar uchun Xulosaning aniqligi, muvozanati va asosiy hisobotda keltirilgan ilmiy xulosalarning aniq taqdimotini ta’minlashdir.

 

"Bu turli bilim shakllarini o‘z ichiga olgan ilmiy fanlarga birlashtirilgan iqlim o‘zgarishiga ta’siri, moslashuvi va zaifligini baholovchi hisobotni qat’iy va puxta ko‘rib chiqish jarayonining yakuniy bosqichidir. Keyingi ikki hafta mobaynida hukumatlar va olimlar birgalikda siyosatchilar uchun umumiy Xulosalarni diqqat bilan sartma-satr o‘rganib chiqadilar. Ular birgalikda asosli, tasdiqlangan va ishonchli xulosa tuzadilar. Uning xulosalari butun dunyodagi siyosatchilar uchun juda muhimdir", - dedi IPCC raisi Xesung Li.

Sessiyaning ochilishida Jahon meteorologiya tashkiloti (JMT) Bosh kotibi, Professor Petteri Taalas (https://public.wmo.int/en/media/news/ipcc-considers-report-impacts-adaptation-and-vulnerability) nutq so‘zladi. "Avvalgi hisobotlardan kelib chiqqan holda, fiziklar jamoasining xabari juda aniq. Biz hozirgacha ko‘rgan narsalar va kelgusi o‘n yilliklar va asrlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan hodisalar, ayniqsa muzliklarning erishi va dengiz sathining ko‘tarilishi haqida gap ketganda, afsuski, ilgari o‘ylanganidan ancha uzoqroq davom etadi."

Professor Petteri Taalas iqlim o‘zgarishi muammolari haqida so‘zlar ekan, sport bilan o‘xshashlikdan foydalandi.

Ayni paytda Xitoyda qishki Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda, u yerda yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan sportchilar bor. Agar siz ularga doping moddalarini bersangiz, ular yanada samarali ishlaydi. Biz atmosfera bilan shunday qildik. Biz atmosferani shunday qiynadik. Bizning dopingimiz qazib olingan yoqilg‘idan foydalanish bo‘lgan va bu allaqachon tabiiy ofatlar soni va ularning insoniy va iqtisodiy oqibatlari, shuningdek biosferaga ta’siri ko‘payishiga olib keldi", - dedi u.

фото

"Biz iqlim o‘zgarishi va ekstremal ob-havoga: qurg‘oqchilik, toshqinlar, tropik shtormlar, issiqlik to‘lqinlari, suv tanqisligi, qirg‘oq bo‘yidagi suv toshqinlariga moslashishimiz kerak" Professor Petteri Taalas, JMT Bosh kotibi.

Shuni ta’kidlash kerakki, JMT ko‘plab xav-xatarlar haqida erta ogohlantirish xizmatlariga va JMT a’zolarining tabiiy ofatlar oqibatlarini prognoz qilish qobiliyatlariga, ayniqsa kam rivojlangan mamlakatlarning meteorologik xizmatlariga katta e’tibor beradi

"O‘tgan yil JMT so‘nggi 50 yil ichida tabiiy ofatlar statistikasi haqidagi hisobotni nashr etdi va biz so‘nggi 20 yil ichida sayyoramizning 4,5 milliard aholisi ob-havo bilan bog‘liq yirik falokatni boshdan kechirganligini namoyish etdik. Erta ogohlantirish xizmatlarining yaxshilanishi tufayli qurbonlar soni kamaydi, biroq biz iqtisodiy yo‘qotishlarning keskin o‘sishini ko‘rmoqdamiz", - dedi Professor Petteri Taalas.

JMT va Birlashgan Millatlar Tashkilotining atrof-muhit (UNEP) bo‘yicha Dasturi IPCC hammualliflaridir

"IPCC ishi iqlim o‘zgarishi bo‘yicha harakatlar asosidir", - dedi UNEP Ijrochi kotibi Inger Anderson. "Ilm-fanni tan olish faqat birinchi qadamdir. Iqlim ta’sirining o‘sishi bizning ularga moslashishimiz bo‘yicha qaratilgan harakatlarimizdan ancha oldinda", dedi u.

Ishchi guruh II yig‘ilishi Germaniya hukumati ko‘magida virtual o‘tkazilmoqda.

Ochilish marosimida Germaniya ta’lim va tadqiqot Federal vaziri Bettina Shtark-Vatsinger "IPCC hisobotlari bizning oltin standartimiz... biz hammamiz hisobotlarda keltirilgan ma’lumotlarga tayanamiz", dedi.

Tasdiqlash bo‘yicha yalpi majlisda IPCC ning barcha hisobotlari puxta tayyorgarlik va ko‘rib chiqish jarayonlarining yakuni hisoblanadi. Butun dunyodagi ekspertlar tomonidan birinchi tartibdagi hisobot loyihasi bo‘yicha 16 000 dan ortiq sharhlarni taqdim etishdi. Ekspertlar va hukumat tomonidan to‘liq hisobotning ikkinchi loyihasi va siyosatchilar uchun Xulosaning birinchi loyihasi bo‘yicha 40 000 dan ortiq sharhlarni taqdim etishdi.

Siyosatchilar uchun Xulosaning yakuniy hukumat sharhi 5700 ga yaqin sharh oldi. Ushbu hisobotda 34000 dan ortiq ilmiy ishlarga havolalar mavjud.

Ishchi guruh III baholash bo‘yicha Oltinchi hisobotga qo‘shgan hissasi va yakuniy xulosa hisobotini mos ravishda aprel oyining boshida va 2022 yilning sentabr oyida yakunlash rejalashtirilgan.