TOSHKENT SHAHRI BO‘YICHA 2021 YIL 1 AVGUSTGA KUTILAYOTGAN OB-HAVO HOLATI HAQIDA MA’LUMOT (iqlimiy ma’lumotlar asosida)

TOSHKENT SHAHRI BO‘YICHA 2021 YIL 1 AVGUSTGA KUTILAYOTGAN OB-HAVO HOLATI HAQIDA MA’LUMOT (iqlimiy ma’lumotlar asosida)

03.06.2021

TOSHKENT SHAHRI BO‘YICHA 2021 YIL 1 AVGUSTGA KUTILAYOTGAN  OB-HAVO HOLATI HAQIDA MA’LUMOT

Ma’lumki, 2020 yilning yoz oylari qolgan yillarga nisbatan salqinroq bo‘lgan edi. Jumladan, 2020 yilning mutlaq maksimal havo harorati 40,2° issiqni tashkil etgan, bu qiymat 2019 yilning mutlaq maksimal havo haroratidan 2,3° ga, 2018 yildan esa 2,8° salqinroq bo‘lgan. Bunday holat 2020 yil 1 avgust kunida ham o‘z aksini topgan. Shu kuni havo harorati 2019 yilning 1 avgust kunidagi maksimal havo haroratidan 6,5° ga, 2018 yilning 1 avgustidan esa 3,7° salqinroq bo‘lib, 32,5° issiqni tashkil etgan.

Joriy 2021 yilning 1 avgust kuni havo harorati me’yor atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Shu kuni ob-havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi (10-20% biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor). SHamol o‘rtacha tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.

Ma’lumki, yuqori havo harorati inson organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yuqori harorat, avvalambor, terlashga olib kelishi, bu esa o‘z navbatida organizmni suvsizlanishiga, mineral suvlar va foydali vitaminlarni yo‘qolishiga, shuningdek, yurak-qon tomir tizimi faoliyatida jiddiy o‘zgarishlarni keltirib chiqishi, nafas olish tezligini oshirishi hamda e’tiborning zaiflashishi, reaksiyani pasayishiga va boshqa salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Inson organizmiga ob-havo ta’sirini yumshatish maqsadida O‘zgidromet tomonidan quyidagilar tavsiya etiladi:

Respublikamizda odatda havo haroratining yuqori darajaga ko‘tarilishi 12:00 dan 15:00 lar davriga to‘g‘ri keladi. Bundan kelib chiqib test sinovlari soat 09:00 dan 11:00 gacha bo‘lgan vaqtda o‘tkazish;

Imtihonlarni iloji boricha bino ichida yoki salqin joylarda o‘tkazish;

Abiturientlarni muntazam ravishda ichimlik suvlari bilan ta’minlab borish.