14 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

14 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

14.02.2022

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 14-15 fevral kunlari O‘zbekiston hududiga G‘arbiy Qozog‘iston orqali janubiy Ural hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.

14 fevralda respublika bo‘ylab ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, Qoraqalpog‘istonda, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlarining ayrim hududlarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

14 fevralda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), boladi, tog‘larda qor yog‘adi, kuchli bo‘lishi mumkin.

15-17 fevralda kechasi harorat -4-7о sovuqgacha pasayishi kutilmoqda.

14-18 fevralda respublikaning tog‘li hududularida qor ko‘chish havfi bor.

 

14 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, bazi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomgir, qor) boladi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol garbdan
7-12
m/s tezlikda esadi, bazi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, Qoraqalpog‘istonda,  Navoiy, Jizzax, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlarining ayrim hududlarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7o iliq bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan biroz yog‘ingarchilik (yomgir, qorga aylanishi mumkin). Shamol garbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat  4-6o iliq bo‘ladi.

Respublikaning togʼli hududlarda havo o‘zgarib turadi, qor yogʻadi, bazi joylarda kuchli boladi. Tuman tushadi. Qor ko‘chish havfi bor. Shamol garbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.Harorat 0-5 o sovuq bo‘ladi.