SHOSHILINCH AXBOROT
11.02.2022

Joriy yilning 13-15 fevral kunlari O‘zbekiston hududiga G‘arbiy Qozog‘iston orqali janubiy Ural hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.
13-14 fevralda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatiladi, жумладан:
13 fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasida shamol 17-22 m/s gacha кучаяди, 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin;
14 fevralda respublika bo’yicha ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlarining ayrim hududlarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
13 fevral Qoraqalpog‘iston respublikasida va 14 fevral respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), тog‘li hududlarda qor yog‘ish kuchli bo‘lishi mumkin.
15-17 fevralda kechasi harorat -4-7° sovuqgacha pasayishi kutilmoqda.

2022 yil 15 fevral kuni ertalabki havo harorati xaritasi.