O‘zbekiston bo‘yicha 11-13 fevralga prognoz

O‘zbekiston bo‘yicha 11-13 fevralga prognoz

11.02.2022

Iliq o‘rniga yomg‘ir qorga aylanadigan havo kirib keladi.

 

Bugun O‘zbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, faqat respublikaning shimoliy hududlariga Shimoliy Kavkaz hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda, Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik bo‘ladi. Havo harorati kunduzi 10-15o iliqni, shimolda 3-8o iliqni tashkil etadi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatiladi.

Ertaga nam va salqin havo massasining kirib kelishi mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab oladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutilmoqda, faqat shimoliy hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi va kunduzi 2-7o iliqni tashkil etadi. Shuningdek, Qoraqalpog‘istonda va Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatiladi.

Yakshanba kuni faqat Qoraqalpog‘istonning ba’zi joylarida biroz qor yog‘ishi mumkin, qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 2o sovuq-3o iliqni, kunduz kuni 5-10o iliqni tashkil etadi. Shimolda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Ertaga 12 fevralda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 1 fevraldan 13 fevralgacha respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor! Ehtiyot bo‘ling!