12 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI 11 fevral soat 20 dan – 12 fevral soat 20 gacha

12 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI 11 fevral soat 20 dan – 12 fevral soat 20 gacha

11.02.2022

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 11-12 fevral kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmanistondan iliq havo, so‘ngra shimoliy Kavkaz hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.

11-12 fevralda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatiladi.

11 fevral Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatlari va 12 fevral respublikaning qolgan hududlarida, tog‘ oldi va tog‘li hududlarning ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin) kuchli bo‘lishi mumkin.

11-13 fevralda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

 

12 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI

11 fevral soat 20 dan – 12 fevral soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgir yogadi. Shamol garbdan 5-10 m/s tezlikda esad, bazi joylarda 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 4-6° iliq bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol garbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2-7° iliq; Ustyurtda 0-5° sovuq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba‘zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol garbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 4-9° iliq; cho‘l hududlarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba‘zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol garbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba‘zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol garbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 6-11° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba‘zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol garbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, bazi joylarda kuchli boladi. Tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol garbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi jojlarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.