11 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
11.02.2022
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 11-12 fevral kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmanistondan iliq havo, so‘ngra shimoliy Kavkaz hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.
11-12 fevralda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatiladi.
11 fevral Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatlari va 12 fevral respublikaning qolgan hududlarida, tog‘ oldi va tog‘li hududlarning ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin) kuchli bo‘lishi mumkin.
11-13 fevralda tog‘li hududlarda qor ko‘chish havfi bor.
11 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat 10-15o iliq, shimolda 3-8o iliq bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-14o iliq bo‘ladi.
Respublikaning togʼli hududlarda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Qor ko‘chish havfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7o iliq bo‘ladi.