O‘zgidrometning GMITI mutaxassis va doktorantlari davra suhbatida ishtirok etishdi

O‘zgidrometning GMITI mutaxassis va doktorantlari davra suhbatida ishtirok etishdi

02.06.2021

O‘zgidrometning GMITI mutaxassis va doktorantlari davra suhbatida ishtirok etishdi

O‘zgidrometning GMITI mutaxassis va doktorantlari AQSH xalqaro rivojlanish agentligi (USAID) tomonidan amalga oshirilayotgan «Suv resurslari va zaif atrof-muhit» mintaqaviy loyihasi doirasida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida tegishli oliy ta’lim muassasa, ilmiy-tadqiqot institut va malaka oshirish markazlari, hamda Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi va GIZ ekspertlari ishtirokida davra suhbatida qatnashishdi.

Asosiy maqsad – suv, energetika, oziq-ovqat va atrof-muhit sohalarining o‘zaro bog‘liqligi nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilish va fikr almashish bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi mazkur loyihaning milliy hamkori hisoblanadi.