7-10 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
05.02.2022
7-10 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOG‘ISTON VA XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7 fevralda kechasi 2-7° sovuqq, kunduzi 0-5° iliq; 8 fevralda kechasi
0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq; 9 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 4-9° iliq; 10 fevralda kechasi
3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 7 fevralda ba‘zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 8-10 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq;
8-9 fevralda kechasi 3° sovuq- 2° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 10 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, 7-8 fevralda ba‘zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 9 fevralda ba‘zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 10 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7 fevralda kechasi va kunduzi 1-6° iliq; 8 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq;\
9 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 10 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi
7-12° iliq bo‘ladi.
SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 7 fevralda ba‘zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 9-10 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7 fevralda kechasi va kunduzi 1-6° iliq; 8 fevralda kechasi
2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq; 9 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 10 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 7 fevralda ba‘zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 9-10 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 7 fevralda 3-8° iliq bo‘ladi,
8-10 fevralda 10-15° iliqgacha ko‘tariladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 7 fevralda ba‘zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 8 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 9 fevralda ba‘zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 10 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-8 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi
3-8° iliq; 9 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 10 fevralda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi
5-10° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, 7-9 fevralda vaqti-vaqti bilan, qor, 7 fevralda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
10 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7 fevralda kechasi va kunduzi 0-5° sovuq;
8-10 fevralda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.