6 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI 5 fevral soat 20 dan – 6 fevral soat 20 gacha

6 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI 5 fevral soat 20 dan – 6 fevral soat 20 gacha

05.02.2022

MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 5-7 fevral kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmanistondan juda iliq havo, so‘ngra Volga bo‘yi hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi davom etadi.
5-6 fevralda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatiladi, jumladan:
5-6 fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 18-23 m/s gacha, Navoiy, Toshkent, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
5 fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm viloyatida va 6 fevralda respublikaning barcha hududlarida yomg‘ir yog‘adi, shimolda qorga aylanadi. 7 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda 6-7 fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.

 

6 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI 5 fevral soat 20 dan – 6 fevral soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi
5-7° iliq bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, ba‘zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin, Navoiy viloyatining ayrim joylarida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin, Toshkent, Jizzax viloyatining ayrim joylarida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 4-9° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.