4 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
05.02.2022
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 5-7 fevral kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston hududlaridan juda iliq havo, so‘ngra Volga bo‘yi hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.
5-6 fevralda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatiladi, jumladan:
5-6 fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida
18-23 m/s gacha, Navoiy, Toshkent, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
5 fevral Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm viloyatida va
6 fevral respublikaning barcha hududlarida yomg‘ir yog‘adi, shimolda qorga aylanadi. 7 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda 6-7 fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.
4 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi faqat Qoraqalpogʻiston, Xorazm viloyatida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi,
Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechqurun baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol gʻarbiy 7-12 m/s tezlikka oʻtishi bilan baʼzi joylarda kuchayishi mumkin
18-23 m/s gacha, Navoiy, Toshkent, Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ayrim hududlarda qor yog‘adi. Harorat 12-17° iliq, ba'zan 20-22° iliq.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi Sharqiy shamol
5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 16-18° iliq.
Respublikaning togʼli hududlarda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi Sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12° iliq.