4-6 fevralga ob-havo prognozi

4-6 fevralga ob-havo prognozi

04.02.2022

Anomal iliq keskin sovuq bilan almashadi!

 

Bugun O‘zbekiston hududiga Turkmaniston hududlaridan juda iliq va quruq havo kirib kelishi kutimoqda. Harorat foni ko‘p yillik qiymatlardan 5-7o ga yuqori bo‘ladi. Bugun kunduz kuni havo 12-14o iliqgacha, ba’zi joylarda 16-18o iliqgacha isiydi.

Ertaga iliq havo massasining kirib kelishi kuchayadi, kunduz kungi harorat 14-17o iliqgacha, ba’zi joylarda 20-22o iliqgacha ko‘tariladi, kechasi biroz sovuq saqlanib turadi. Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat respublikaning shimoliy hududlariga Volga bo‘yi hududlaridan nam havo massasi kirib kelishi prognoz qilinmoqda. Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Yakshanba kuni sovuq havo kirib kelishi mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab oladi, ob-havo keskin yomonlashadi. Mamlakatimiz bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, harorat kunduz kuni 4-9o iliqgacha, shimolda 0-5o iliqgacha pasayadi.

4-6 fevralda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatiladi, jumladan :

4 fevralda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Navoiy, Toshkent viloyatlarida  18-23 m/s gacha;

5-6 fevralda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida
18-23 m/s gacha, Navoiy, Toshkent, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Yakshanba kuni tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. Tog‘li avtomobil yo‘llarda qor uyumlari va ko‘rinish yomonlashishi kutilmoqda. Ehtiyot bo‘ling!!!