4 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

4 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

04.02.2022

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 4-7 fevral kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston hududlaridan juda iliq havo, so‘ngra Volga bo‘yi hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.

4-6 fevralda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatiladi, jumladan:

4 fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Navoiy, Toshkent viloyatlarida 18-23 m/s gacha;

5-6 fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 18-23 m/s gacha, Navoiy, Toshkent, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

5 fevral Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm viloyatida va 6 fevral respublikaning barcha hududlarida yomg‘ir yog‘adi, shimolda qorga aylanadi. 7 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda 6-7 fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.

 

4 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo ozgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yonalishini ozgartirib garbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, bazi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin.  Harorat 9-14° iliq, bazi joylarda 16-18° iliqgacha bo‘ladi.

Toshkentda havo ozgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-13° iliq bo‘ladi.

Respublikaning togʼli hududlarda havo ozgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq bo‘ladi.