3 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

3 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

03.02.2022

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 4-7 fevral kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston hududlaridan juda iliq havo, so‘ngra Volga bo‘yi hududlaridan nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.

4-6 fevralda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang to‘zon kuzatiladi, jumladan:

4 fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Navoiy, Toshkent viloyatlarida 18-23 m/s gacha;

5-6 fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 18-23 m/s gacha, Navoiy, Toshkent, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

5 fevral Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm viloyatida va 6 fevral respublikaning barcha hududlarida yomg‘ir yog‘adi, shimolda qorga aylanadi. 7 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda 6-7 fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.

 

 

3 FEVRAL KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo ozgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10° iliq, bazi joylarda 12-14° iliqgacha bo‘ladi.

Toshkentda havo ozgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 9-11° iliq bo‘ladi.

Respublikaning togʼli hududlarda havo ozgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° iliq bo‘ladi.