3-6 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
01.02.2022
3-6 FEVRALGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOG‘ISTON VA XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, 3-4 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 5 fevralda ba‘zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 6 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-6 fevralda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 6-11° iliq;
4-5 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 6-11° iliq; 6 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq,
kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 3-5 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 6 fevralda ba‘zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-6 fevralda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3 fevralda kechasi 2° sovuq
-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 4 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 9-14° iliq; 5 fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 6 fevralda kechasi va kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 3-5 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 6 fevralda ba‘zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-6 fevralda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3 fevralda kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 5-10° iliq; 4-5 fevralda kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda
2° sovuqgacha, kunduzi 9-14° iliq; 6 fevralda kechasi va kunduzi 4-9° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 3-5 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 6 fevralda ba‘zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-5 fevralda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 4 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 5 fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 14-19° iliq; 6 fevralda kechasi va kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 3 fevralda kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin
4-5 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 6 fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 5-6 fevralda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, 3 va 6 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 4-5 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4-6 fevralda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-4 fevralda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 5 fevralda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi
4-9° iliq; 6 fevralda kechasi va kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.