29 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI 28 yanvar soat 20 dan – 29 yanvar soat 20 gacha

29 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI 28 yanvar soat 20 dan – 29 yanvar soat 20 gacha

28.01.2022

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 28-29 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan Kaspiy dengizi va Turkmaniston orqali nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.

28-29 yanvarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda, jumladan:

28 yanvarda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo viloyatlarida 17-22 m/s gacha;

28 yanvarda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlarida 17-22 m/s gacha, ayrim joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin;

29 yanvarda Surxandaryo, Farg‘ona, Namangan, Andijon viloyatlarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

28-29 yanvarda respublika hududlari bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.

28-31 yanvarda respublikaning togli hududlarida qor kochish havfi bor.

 

29 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI 28 yanvar soat 20 dan – 29 yanvar soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomgir yogadi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-4° iliq, kunduzi 4-6° iliq bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nailishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyatining shimolida ba‘zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nailishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq, Navoiy viloyatining shimolida kechasi va kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomgir yogadi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nailishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomgir yogadi. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nailishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 6-11° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba‘zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Ba‘zi joylarga tuman
tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nailishini o‘zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba‘zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba‘zi joylarga tuman tushadi. Qor ko‘chish havfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.