28 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

28 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

28.01.2022

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 28-29 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan Kaspiy dengizi va Turkmaniston orqali nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.

28-29 yanvarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda, jumladan:

28 yanvarda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo viloyatlarida 17-22 m/s gacha;

28 yanvarda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlarida 17-22 m/s gacha, ayrim joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin;

29 yanvarda Surxandaryo, Farg‘ona, Namangan, Andijon viloyatlarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

28-29 yanvarda respublika hududlari bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.

28-31 yanvarda respublikaning togli hududlarida qor kochish havfi bor.

 

28 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda  yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nailishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlarida
25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat
7-12° iliq bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nailishini o‘zgartirib g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi12-15  m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-10° iliq bo‘ladi.

Respublikaning togʼli hududlarda havo ozgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba‘zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.  Qor ko‘chish havfi bor. Sharqiy shamol yo‘nailishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat 0-5° iliq bo‘ladi.