«O‘zgidromet» markazi va BMT Taraqqiyot dasturi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga «Iqlim qutichasi» o‘quv qo‘llanmasini?

«O‘zgidromet» markazi va BMT Taraqqiyot dasturi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga «Iqlim qutichasi» o‘quv qo‘llanmasini?

01.06.2021

1

«Iqlim o‘zgarishi» mavzusidagi qo‘llanmani O‘zbekiston milliy sharoitiga moslashtirish 2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet) va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi (XTV) huzuridagi Respublika ta’lim markazi bilan yaqin hamkorlikda boshlandi.

2021 yil 31 may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Pedagog kadrlar malakasini oshirish markazida BMT Taraqqiyot dasturi va «O‘zgidromet» markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan «Iqlim qutichasi» o‘quv qo‘llanmasini topshirish  marosimi bo‘lib o‘tdi. 

BMT Iqlim o‘zgarishlari to‘g‘risidagi hadli konvensiyasining (BMT IO‘HK) ishtirokchisi sifatida O‘zbekiston konvensiyaning «Ta’lim, kadrlarni tayyorlash va jamoatchilikni xabardor qilish» nomli 6-moddasiga muvofiq, BMT IO‘HK oldida bir qator majburiyatlarga, xususan jamoatchilikning iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini ta’minlash sohasida majburiyatlarga ega.

2018 yildan buyon Respublikada 2014 yilda BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan ta’lim muassasalari uchun ishlab chiqilgan «Iqlim qutichasi» o‘quv qo‘llanmasini maktab o‘quv jarayoniga joriy etishga moslashtirish ishlari olib borilmoqda. Mazkur qo‘llanmani o‘quv jarayoniga joriy etishdan maqsad yoshlar va, umuman, jamoatchilik o‘rtasida iqlim o‘zgarishining atrof-muhitga ta’siri to‘g‘risida xabardorlikni oshirishdir. 

«Iqlim quticha» materiallar to‘plami BMT Taraqqiyot dasturi va Adaptatsiya jamg‘armasining «O‘zbekistonning qurg‘oqchil hududlarida joylashgan fermer va dehqon xo‘jaliklarining iqlim barqarorligini ta’minlash» qo‘shma loyihasini amalga oshirish doirasida Rossiya Federatsiyasining moliyaviy ko‘magi bilan «O‘zgidromet» markazi va XTV huzuridagi Respublika ta’lim markazi bilan yaqin hamkorlikda moslashtirildi.

Respublika ta’lim markazi tomonidan umumta’lim maktablari o‘qituvchilari, xalq ta’limi bo‘limlari metodistlari, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari mutaxassislari, sinf rahbarlari uchun o‘quv jarayonida O‘zbekistonning iqlim sharoiti va o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risidagi materiallardan foydalanish bo‘yicha o‘quv-metodik qo‘llanma ishlab chiqildi. O‘quv qo‘llanma Toshkent shahridagi uchta maktabda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi.

Marosimning 1 iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni va Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni arafasida bo‘lib o‘tgani, maktab o‘quvchilari va yoshlarni iqlim o‘zgarishi va atrof-muhitni muhofaza qilish muammolarni hal etish jarayoniga jalb etishning o‘rni va ahamiyatini ta’kidlaydi. 

O‘quv materillarini topshirish marosimida BMT Taraqqiyot dasturi, «O‘zgidromet» markazi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi vakillari ishtirok etdi. O‘quv qo‘llanma Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, shuningdek bir qismi Nukus shahridagi Prezident maktabi hamda ijod maktablariga ham taqdim etildi.

BMT Taraqqiyot dasturi O‘zbekiston Respublikasiga o‘zaro bog‘liq maqsadlarni amalga oshirishga ko‘maklashishda davom etadi, shu qatorda mamlakat aholisining iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlari masalalari, shuningdek ekologik xavfsizlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha xabardorligini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. 

1

 

2

3