19-22 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
17.01.2022
19-22 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOG‘ISTON VA XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, 19 yanvarda kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. 20 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
22 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 19 va 21-22 yanvarda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq, faqat 20 yanvarda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 19 yanvarda yomg‘ir yog‘adi, kechasi va ertalab kuchli bo‘lishi mumkin, ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. 20 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21 yanvarda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 22 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19 yanvarda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 19 yanvarda kechasi va kunduzi 1-6° iliq, 20 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 21 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq,
22 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 19 yanvarda yomg‘ir yog‘adi, kechasi va ertalab kuchli bo‘lishi mumkin, ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. 20 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21 yanvarda ba’zi joylarda y biroz omg‘ir yog‘ishi mumkin. 22 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19 yanvarda ba’zi joylarda
17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 19 yanvarda kechasi va kunduzi 3-8° iliq, 20 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 21 yanvarda kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 5-10° iliq, 22 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq, bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 19 yanvarda yomg‘ir yog‘adi, kechasi va ertalab kuchli bo‘lishi mumkin.
20 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21 yanvarda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
22 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19 yanvarda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 19 yanvarda kechasi va kunduzi 4-9° iliq, 20-21 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi
7-12° iliq, 22 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 19 yanvarda yomg‘ir yog‘adi, kechasi va ertalab kuchli bo‘lishi mumkin.
20-22 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 19 yanvarda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 19 yanvarda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 4-9° iliq, 20 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 21-22 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, 19 yanvarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
20 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21-22 yanvarda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 19 yanvarda kechasi va kunduzi 0-5° sovuq, 20-21 yanvarda kechasi
5-10° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo‘ladi.