17 YANVAR KUNDUZ KUNIGA  OB-HAVO PROGNOZI

17 YANVAR KUNDUZ KUNIGA  OB-HAVO PROGNOZI

17.01.2022

17 YANVAR KUNDUZ KUNIGA  OB-HAVO PROGNOZI

 

Oʼzbekistonda havo ozgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bolishi mumkin, shimolda  yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol garbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 5-10° iliq,  shimolda  3° sovuq-2° iliq boladi.

Toshkentda  havo ozgarib turadi, vaqti-vaqti yomg‘ir yog‘adi. Shamol garbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 7-9° iliq bo‘ladi.

Respublikaning togʼli hududlarda  havo ozgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli boladi. Shamol garbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Havo harorati 0-5° iliq bo‘ladi.