17 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI 16 yanvar soat 20 dan – 17 yanvar soat 20 gacha

17 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI 16 yanvar soat 20 dan – 17 yanvar soat 20 gacha

16.01.2022

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 16 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan quruq va nam havo massasi, shuningdek, Volgabo‘yi hududlaridan nisbatan sovuq havo massasi kirib kelishi davom etadi.

16 yanvarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda:

Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida shamol 17-22 m/s gacha;

Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Surxandaryo, Farg‘ona, Namangan, Andijon viloyatlarida 18 yanvarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

16-18 yanvarda respublika hududlari bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

 

17 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

16 yanvar soat 20 dan – 17 yanvar soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, kechasi va ertalab kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-8° iliq, kunduzi 7-9° iliq bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo’ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-252 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, kunning ikinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 6-11° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.