18-21 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

18-21 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

16.01.2022

18-21 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOG‘ISTON VA XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, 18 yanvarda ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. 19-20 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq, faqat 20 yanvarda 0-5° iliq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 18 yanvarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. 19-20 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 18 yanvarda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 19 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq, 20 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 21 yanvarda kechasi
3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq, bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 18 yanvarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. 19-20 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 18 yanvarda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 19 yanvarda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 3-8° iliq20 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 21 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 18 yanvarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. 19-20 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 21 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 yanvarda Surxondaryo viloyatining ba’zi joylarida 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat 18 yanvarda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 19 yanvarda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 4-9° iliq,
20 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 21 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 4-9° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 18 yanvarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. 19 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 20-21 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 yanvarda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat 18-19 yanvarda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 4-9° iliq,
20-21 yanvarda kechasi 3° sovuq -2° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

 

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, 18-19 yanvarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), 18 yanvarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 20-21 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 18 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq, 19 yanvarda kechasi va kunduzi 0-5° sovuq,
20
-21 yanvarda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo‘ladi.