16 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
16.01.2022
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 16 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan quruq va nam havo massasi, shuningdek, Volgabo‘yi hududlaridan nisbatan sovuq havo massasi kirib kelishi davom etmoqda.
16 yanvarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda, jumladan:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida 17-22 m/s gacha;
Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida 17-22 m/s gacha, ayrim joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
18 yanvarda Surxandaryo, Farg‘ona, Namangan, Andijon viloyatlarida xam shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
16-18 yanvarda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda yong‘ingarchilik kuchli bo‘ladi.
16 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo ozgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida ayrim joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati
9-14° iliq bo‘ladi.
Toshkentda havo ozgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 15-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 10-12° iliq bo‘ladi.
Respublikaning togʼli hududlarda havo ozgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 2-7° iliq bo‘ladi.