15 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
15.01.2022
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 15-16 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan quruq va nam havo massasi, shuningdek, Volgabo‘yi hududlaridan nisbatan sovuq havo massasi kirib kelmoqda.
15-16 yanvarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda, jumladan: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida 17-22 m/s gacha; Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida 17-22 m/s gacha, ayrim joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
18 yanvarda Surxandaryo, Farg‘ona, Namangan, Andijon viloyatlarida xam shamol tezligi
17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
15-18 yanvarda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda yong‘ingarchilik kuchli bo‘ladi.
15 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda bugun kunduz kuni Turkmaniston orqali Eron hududlaridan quruq va nam havo massasi, shuningdek, Volgabo‘yi hududlaridan nisbatan sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.** Respublika hududlari bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida ayrim joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 10-15° iliqni tashkil tetadi.
Toshkentda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 12-14° iliq bo‘ladi.
Respublikaning togʼli hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushadi. Ba’zi joylarda shamol 17-22 м/с gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 2-7° iliq bo‘ladi.