15 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

15 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI

14.01.2022

MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 15-16 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan quruq va nam havo massasi, shuningdek, Volgabo‘yi hududlaridan nisbatan sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.
15-16 yanvarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda:

Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida shamol
17-22 m/s gacha;

Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Surxandaryo, Farg‘ona, Namangan, Andijon viloyatlarida 18 yanvarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
15-18 yanvarda respublika hududlari bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

15 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
14 yanvar soat 20 dan – 15 yanvar soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI
Havo o‘zgarib turadi, biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 8-10° iliq, kunduzi
12-14° iliq bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim tumanlarda esa
25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, Samarqand, Jizzax viloyatlarinig ayrim tumanlarda esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.

SURXONDARYO VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda
17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.