ShOShILINCh AXBOROT
14.01.2022

Joriy yilning 15-16 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan quruq va nam havo massasi, shuningdek, Volgabo‘yi hududlaridan nisbatan sovuq havo massasi kirib kelmoqda.
15-16 yanvarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda, jumladan:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida 17-22 m/s gacha;
Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida 17-22 m/s gacha, ayrim joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
18 yanvarda Surxandaryo, Farg‘ona, Namangan, Andijon viloyatlarida xam shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
15-18 yanvarda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda yong‘ingarchilik kuchli bo‘ladi.

15 yanvar kuniga shamol tezligi tarqalishi xaritasi