14 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
14.01.2022
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 15-16 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan quruq va nam havo massasi, shuningdek, Volgabo‘yi hududlaridan nisbatan sovuq havo massasi kirib kelmoqda.
15-16 yanvarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol kuchayishi kutilmoqda, jumladan:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida 17-22 m/s gacha;
Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida 17-22 m/s gacha, ayrim joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
18 yanvarda Surxandaryo, Farg‘ona, Namangan, Andijon viloyatlarida xam shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
15-18 yanvarda respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda yong‘ingarchilik kuchli bo‘ladi.
14 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba‘zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 12-17° iliq, shimolda 2-7° iliq bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan
5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 14-16° iliq bo‘ladi.
Respublikaning togʼli hududlarda havo o’zgarib turadi, ba‘zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati
2-7° iliq bo‘ladi.