15-18 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
13.01.2022
15-18 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOG‘ISTON VA XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, 15 va 17 yanvarda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 16 va 18 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 15 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 1-6° iliq, 16 yanvarda kechasi 2° sovuq-3 iliq, kunduzi 0-5° iliq, 17-18 yanvarda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 15-16 yanvarda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 17 yanvarda kechasi
2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 18 yanvarda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 15 yanvarda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq, 16 yanvarda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 9-14° iliq, 17-18 yanvarda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 15 yanvarda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 16 yanvarda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 11-16° iliq, 17 yanvarda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 9-14° iliq, 18 yanvarda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 15-16 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 17-18 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 15-16 yanvarda kechasi
2° sovuq-3 iliq, kunduzi 7-12° iliq, 17 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 18 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 16-18 yanvarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15 yanvarda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 15-16 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 2-7° iliq, 17-18 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.