O‘zgidromet, FVV va BMTTD yangi loyihasini ishga tushirish to‘g‘risida
11.01.2022
2022 yil 11 yanvarda O‘zgidromet vakillari O‘zgidromet/Favqulodda vaziyatlar vazirligi/BMTTDning "O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi oqibatida yuzaga keladigan tabiiy xavflarga chidamliligini oshirish uchun erta ogohlantirish tizimini takomillashtirish" qo‘shma loyihasini ishga tushirishga bag‘ishlangan seminarda ishtirok etdilar. Seminarda loyihani amalga oshirish strategiyasi va uni amalga oshirish rejasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Loyihaning maqsadi iqlim o‘zgarishining prognozli ta’sirini hisobga olgan holda O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi oqibatida yuzaga keladigan xavflar bo‘yicha erta ogohlantirish tizimining samaradorligi va qamrovini oshirishdan iborat. Loyiha O‘zbekistonda erta ogohlantirish tizimini takomillashtirish, shuningdek, gidrometeorologik tizimni modernizatsiya qilish va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq ehtimoliy tabiiy tahdidlar haqida ogohlantirish tizimini takomillashtirish uchun texnik va moliyaviy resurslarni taqdim etadi.