6 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

6 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

06.01.2022

6 YANVAR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o’zgarib turadi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib garbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi.  Havo harorati 5-10° iliq, shimolda 0-5° iliq bo‘ladi.

Toshkentda havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi. Shamol garbdan
5-10
m/s tezlikda esadi. Havo harorati 7-9° iliq bo‘ladi.

Respublikaning togʼli hududlarda havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushadi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib garbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi.  Havo harorati 0-5° iliq bo‘ladi.