3-7 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
03.01.2022
Respublika bo‘yicha baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Bugun respublika hududining katta qismida baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat shimoliy va sharqiy hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat foni meʼyordan 4-5o yuqori bo‘ladi va 11-16o iliqlikni tashkil etadi.
Hafta davomida Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo massalari kirib kelishi hisobiga respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, shimoliy hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik asosan qor ko‘rinishida bo‘ladi, 3-4 yanvarda baʼzi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ehtiyotli va ehtiyotkor bo‘ling!
Havo harorati kechalari 0-5o iliq, kunduz kunlari 7-12o iliq atrofida va meʼyorga yaqin bo‘ladi.
3-4 yanvarda O‘zbekiston bo‘yicha baʼzi joylarda shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Respublika bo‘yicha baʼzi joylarda tuman kuzatiladi