2-5 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
31.12.2021
2-5 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOG‘ISTON VA XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan
7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4 yanvarda ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat
2 yanvarda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, Xorazm viloyatida 2-7° iliq, 3 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, 4 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 0-5° iliq; 5 yanvarda kechasi 3-8° sovuq, Xorazm viloyatida 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 2-3 yanvarda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 4 yanvarda yomg‘ir yog‘adi. 5 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan
7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4 yanvarda ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat
2 yanvarda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 11-16° iliq, 3 yanvarda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq,
4-5 yanvarda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 2 va 5 yanvarda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 3 yanvarda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. 4 yanvarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 yanvarda ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-3 yanvarda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 11-16° iliq, 4-5 yanvarda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 2 va 5 yanvarda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 3 yanvarda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. 4 yanvarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 yanvarda ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-3 yanvarda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq, 4 yanvarda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 8-13° iliq,
5 yanvarda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 2-3 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 4 yanvarda yomg‘ir yog‘adi. 5 yanvarda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 yanvarda ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-3 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 4-5 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 4 yanvarda ba’zi joylarda kuchli kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 yanvarda ba’zi joylarda 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-3 yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 4-5 yanvarda kechasi
0-5° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.