Bayram kunlariga ob-havo prognozi
30.12.2021
Yangi yil bayrami kirib kelmoqda. Bu archa, mandarin hidi, sovg‘alar, mo‘jizalar bilan bog‘liqdir. Va, albatta, barchamiz bayram kechasi ob-havo bizga qor ko‘rinishidagi yangi yil sovg‘sini taqdim etishiga umid qilamiz.
Biroq, O‘zbekiston aholisi, shuningdek, boshqa janubiy hududlar aholisi kabi Yangi yilni juda kamdan kam hollarda qor bilan kutib oladilar, bu O‘rta Osiyo iqlimimizning o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 31 dekabr kuni Toshkentda yog‘ingarchilik o‘rtacha 4-5 yilda 1 marta, 1 yanvar kuni esa – 2-3 yilda 1 marta yog‘adi. Biroq, har doim ham bu yog‘ingarchiliklar qor shaklida bo‘lmaydi. Yangi yil kechasida qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik juda kamdan kam hollarda kuzatiladi.
Shunday qilib, bu yil ham ushbu holat kuzatilmoqda. O‘tayotgan yilning so‘nggi kunlarida O‘zbekistonning barcha hududlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kechalari havo harorati 0-5° iliq, kunduz kunlari esa 10-15° iliq atrofida bo‘ladi.
Yangi yilning dastlabki kunlari, 1-3 yanvarda respublikaning ayrim hududlarida vaqti-vaqti bilan biroz yog‘ingarchilik bo‘ladi, lekin tekislik hududlarda yomg‘ir ko‘rinishida yog‘adi. 4 yanvarda O‘zbekiston hududining katta qismida yomg‘ir yog‘adi. Kechalari havo harorati 2-7° iliq, kunduz kunlari 1-3 yanvarda 10-15° iliq, 4 yanvarda esa 5-10° iliq atrofida bo‘ladi.
Ushbu kunlarda faqat respublikaning tog‘li hududlarida qor yog‘adi. 4 yanvarda ba’zi joylarda kuchli qor yog‘ishi mumkin. Bu kunlarda tog‘larda qishki ta’tilni o‘tkazishni rejalashtirgan aholi ehtiyot bo‘lishlari kerak.
O‘zgidromet mamlakatimiz aholisini kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabriklaydi va barchaga sog‘lik-salomatlik, tinchlik-hotirjamlik va farovonlik tilaydi.