Avtomatik gidrologik ma’lumotlarni qayta ishlash uchun iEasyHydro tizimi

Avtomatik gidrologik ma’lumotlarni qayta ishlash uchun iEasyHydro tizimi

27.05.2021

Avtomatik gidrologik ma’lumotlarni qayta ishlash uchun iEasyHydro tizimi

2021 yil 25-27 may kunlari Markaziy Osiyo Milliy Gidrometeorologiya xizmatlarida iEasyHydro dasturini yanada takomillashtirish bo‘yicha avtomatik gidrologik majmualar ma’lumotlaridan foydalanishni muhokama qilish uchun Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston Gidrometeorologiya markazlarining rejim, tezkor gidrologik bo‘linmalar va IT-mutaxassislari ishtirokida birinchi vebinar o‘tkazildi.

Vebinarning asosiy tashkilotchisi Qirg‘iziston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xuzuridagi Gidrometeorologiya agentligi bo‘ldi. Tadbir Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi, shuningdek Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Dastlabki vebinarning asosiy maqsadi avtomatik gidrologik stansiyalar ma’lumotlaridan foydalanishning hozirgi holatini quyidagi masalalarni ko‘rib chiqib muhokama qilish edi, shu jumladan:

● Milliy Gidrometeorologiya xizmatlari (MGMX) da nechta avtomatik stansiyalar faoliyat ko‘rsatmoqda va yaqin yillarda nechta stansiya o‘rnatilishi rejalashtirilgan;

● avtomatik stansiyalar tomonidan qanday gidrologik ko‘rsatkichlar va qaysi davriylik bilan o‘lchanadi;

● o‘lchanayotgan ma’lumotlarni uzatish turi, ma’lumotlarni uzatish davriyligi, ma’lumotlar kelib tushishi – ma’lumotlar saqlanadigan veb-saytlar yoki MKT;

● avtomatik stansiyalardan olingan ma’lumotlar tezkor va rejim vazifalar uchun qanday qayta ishlanadi.

Vebinarning birinchi kunida har bir Gidrometeorologiya xizmati avtomatik gidrologik stansiyalardan foydalanishning hozirgi holati, ma’lumotlarni uzatish va saqlash hamda ma’lumotlardan foydalanish bo‘yicha taqdimotlar ko‘rsatishdi. Ikkinchi kun suv sathi va sarflarining o‘rtacha kunlik qiymatlari, kabi gidrologik xarakteristikalarni hisoblash usullarini dastlabki muhokama qilishni, shuningdek, ma’lumot almashish masalalari o‘z ichiga olgan. Vebinar natijalari asosida avtomatik stansiyalardan gidrologik ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha ko‘rsatmalar loyihasini tuzadigan ishchi guruh uchun ish rejasini tuzish, hamda avtomatik gidrologik ma’lumotlarni qayta ishlash uchun iEasyHydro kompyuter tizimini takomillashtirish uchun Texnik ko‘rsatmani ishlab chiqish uchun dastlabki talablarni tuzish kerakligi kelishildi.