Toshkent Gidrometeorologiya texnikumida agrometeorologiya yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etildi

Toshkent Gidrometeorologiya texnikumida agrometeorologiya yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etildi

28.12.2021

Toshkent Gidrometeorologiya texnikumida agrometeorologiya yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etildi

«O‘zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2020 yil 17 noyabrdagi PQ-4896-son qarori bilan tasdiqlangan 2020-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmatini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasining» 25-bandida Toshkent gidrometeorologiya texnikumida gidrometeorologiya bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etishda O‘zgidrometning hududiy gidrometeorologiya tarmoqlari 17 nafar agrometeorologlari uchun joriy yilning 27-29 dekabr kunlari malaka oshirish kursi tashkil etildi. O‘quv jarayoniga yetuk mutaxassislar jalb qilingan. Amaliy mashg‘ulotlar agrometeorologiya sohasini rivojlantirish hamda tizimni raqamlashtirishga doir chora-tadbirlar rejasi muhokama qilindi.