O‘zgidrometda navbatdagi markaziy apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zgidrometda navbatdagi markaziy apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

28.12.2021

O‘zgidrometda navbatdagi markaziy apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 27 dekabr kuni O‘zgidromet majlislar zalida navbatdagi markaziy apparat yig‘ilishi noan’anaviy tarzda o‘tkazildi. Yig‘ilishda O‘zgidromet rahbari Sherzod Habibullayev, Vazirlar mahkamasidan yetakchi mutaxassis Doniyor Turg‘unov, Bosh direktor o‘rinbosarlari Ibratjon Karimov va Feruz Safarovlar ishtirok etdilar. Kun tartibidagi masalalarga tayangan holda boshqarma boshliqlari yil davomida bajargan va kelgusi yilga rejalashtirilgan ishlari haqida gapirib o‘tdilar. O‘zgidromet rahbari markaz jamoasini kirib kelayotgan yangi yil bilan tabriklab xodimlarga va ularning oilalalriga tinchlik, farovonlik, to‘kinlik tiladi. 2022 yilda O‘zgidromet faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan qabul qilingan Prezident Qarori ijrosini muvafaqqiyatli amalga oshirilishiga umid bildirdi.

O‘zgidromet rahbariyati tomonidan boshqarma, bo‘lim boshliqlari va ularning mas’ul xodimlari, viloyat Gidrometeorologiya boshqarma boshliqlari va xodimlariga hamda farzandlari uchun yangi yil sovg‘alari, shirinliklar taqdim etildi.

Yig‘ilish Botir Zokirov nomidagi "Jaz ansаnbili" salisti Sabina Tursunova ishtirokida kuy va taronalar tinglanib,  ko‘taringki ruhda bo‘lib o‘tdi.

 

Fotogoleriya  https://disk.yandex.uz/d/Y3ioIcWqMJQtuA