Yil oxirigacha yog‘ingarchilik kutilmaydi!

Yil oxirigacha yog‘ingarchilik kutilmaydi!

27.12.2021

Yil oxirigacha yog‘ingarchilik kutilmaydi!

Kecha issiq zaminimiz aholisini xursand qilgan ayozli va qorli ob-havoning sababi hududimizga Rossiyaning Yevropa hududidan (Moskva oblasti) kirib kelgan sovuq va nam havo massasidir. Butun respublika bo‘yicha qor yog‘ishi kuzatildi, tekislik hududlarda birinchi barqaror qor qoplami hosil bo‘ldi.

Bugun kunduz kuni respublika hududining katta qismida sovuq ob-havo kuzatiladi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qor yog‘adi. Harorat foni me’yordan 5-7° ga past bo‘ladi va 2° sovuq-3° iliqdan yuqori bo‘lmaydi.

Yil oxirigacha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechalari 28-29 dekabrda sovuqlar 3-8o sovuqgacha kuchayadi, 30-31 dekabrda 2° sovuq-3° iliqgacha ko‘tariladi, ertaga kunduz kuni harorat 2-7o iliq bo‘ladi, 31 dekabrga kunduz kuni 8-13o iliqgacha ko‘tariladi.

Shu kunlarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.