25 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

25 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

25.12.2021

25 DEKABR KUNDUZ KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

Oʼzbekistonda havo o‘zgarib turadi, Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qor yog‘adi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yonalishini ozgartirib garbdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-10o iliq, shimolda 0-5o sovuq boʼladi.

Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechga tomon yomgir yogishi mumkin. Sharqiy shamol yonalishini ozgartirib garbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 13-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-10o iliq boʼladi.

Respublikaning togʼli hududlarda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yogadi. Bazi joylarga tuman tushadi. Sharqiy shamol yonalishini ozgartirib garbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5o iliq boʼladi.