26-29 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
24.12.2021
26-29 DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOG‘ISTON VA XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 26 dekabrda kechasi 9-14° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq, 27 dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 28-29 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi. Ustyurtda 26 dekabrda kechasi 15-20° sovuq, kunduzi 4-9° sovuq, 27 dekabrda kechasi
10-15° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi, 28-29 dekabrda kechasi 4-9° sovuqgacha, kunduzi 0-5° sovuqgacha pasayadi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 26 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 27-29 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26 dekabrda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat, 26 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq, 27-28 dekabrda kechasi
5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 29 dekabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi. Navoiy viloyatining shimolida 26 dekabrda kechasi 9-14° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq, 27 dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 28-29 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 26 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 27-29 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26 dekabrda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 26 dekabrda kechasi va kunduzi 2° sovuq-3° iliq, 27 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq, 28 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 29 dekabrda kechasi
1-6° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 26 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 27-29 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26 dekabrda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 26 dekabrda kechasi va kunduzi 0-5° iliq, 27 dekabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi
0-5° iliq, 28-29 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo o‘zgarib turadi, 26 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 27 dekabrda
ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. 28-29 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26 dekabrda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 26 dekabrda kechasi
0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 27-29 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, 26 dekabrda yog‘ingarchilik, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 27-29 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26 dekabrda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 26 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi; 27-29 dekabrda kechasi
10-15° sovuqgacha pasayadi, kunduzi 27-28 dekabrda 0-5° sovuq, 29 dekabrda 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.