Dam olish kunlari yomg‘ir qorga aylanishi kutilmoqda
24.12.2021
Bugun respublika hududining katta qismida iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati 8-13° iliqni tashkil etadi. Respublikaning shimoliy hududlariga sovuq antisiklon kirib kelishi boshlanadi, bu hududlarning ba’zi joylarida qor yog‘adi, shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin, harorat kunduzi 2° sovuq-3° iliqdan yuqori bo‘lmaydi.
Ertaga respublikaning barcha hududlariga antisiklon kirib keladi, Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qor yog‘adi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Faqat Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 0-5° iliqni, kunduzi 5-10° iliqni, shimolda kechasi 3-8° sovuqni, kunduzi 0-5° sovuqni tashkil etadi.
Yakshanba kuni mamlakatimizning barcha hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi, shimolda yog‘ingarchilik to‘xtaydi. Harorat kechasi va kunduzi 2° sovuq-3° iliqni, shimolda kechasi 9-14° sovuqni, kunduzi 0-5° sovuqni tashkil etadi.
Dushunba kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli kam, kechasi harorat 3-8° sovuqqacha pasayadi, kunduzi 2° sovuq-3° iliqdan yuqori bo‘lmaydi, ushbu kun uchun bo‘lgan ko‘p yillik qiymatlardan 5-7° ga kamdir.
Shu kunlarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.